IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI | JOURNAL OF ECONOMY AND MODERN TECHNOLOGY
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot

“IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA (JOURNAL OF ECONOMY AND MODERN TECHNOLOGY)” jurnali tadqiqotning turli yo’nalishlarida ilg‘or, zamonaviy fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini nashr etish va keng ilm ommaasiga targ’ib etish. Jurnal turli mamlakatlar olimlari va o‘qituvchilari o‘rtasida samarali muloqot uchun yuqori sifatli diskursiv ilmiy maydon yaratish; yangi g‘oyalar va tadqiqot natijalarining xalqaro miqyosda keng tarqalishini ta’minlash; yosh olim va tadqiqotchilarning o‘zining samarali taqdim etish yo‘llarini targ’ib qilish; muhim xalqaro ilmiy tadbirlar, nashrlar to‘g‘risida keng ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish. Bu tadqiqotchilarga o‘zlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarining natijalarini O‘zbekistonda turib bo‘lsa-da keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirish, erkin ilmiy fikr almashinish imkonini beradi. Jurnalda e’lon qilingan ilmiy maqolalar xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi.
en-USIQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI | JOURNAL OF ECONOMY AND MODERN TECHNOLOGYEKOTURISTIK LOYIHALAR ORQALI HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI: TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2199

Ushbu maqolada Toshkent shahrida ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Ekoturizm tabiiy muhitni asrab-avaylash bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga ham xizmat qiluvchi barqaror turizm turi hisoblanadi.

Toshkentning tabiiy va antropogen resurslari shahar va uning atrofida ekoturistik loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Maqolada ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, ekologik turizm loyihalarining ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi va atrof-muhitga ijobiy ta’siri tahlil qilinadi.

Shuningdek, Toshkent shahrida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilad.
Alisher Asatullayev
Copyright (c) 2025
2025-04-052025-04-054414INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNI MINIMALLASHTIRISH MASALALARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2200

Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni minimallashtirish masalasi bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavzu iqtisodiy o'sish, barqaror rivojlanish, va kompaniyalar uchun uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta'minlashda katta rol o'ynaydi. Ayni paytda global iqtisodiyotning murakkablashuvi, bozorlarning o'zgaruvchanligi, siyosiy va ijtimoiy omillarning ta'siri investitsiya jarayonlarini yanada nozik va xavfli holatga olib kelmoqda. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda risklarni boshqarish va minimallashtirishning dolzarbligi bir necha asosiy omillar bilan izohlanadi. Bozor noaniqligi: O'zgaruvchan iqtisodiy sharoitlar, moliyaviy bozorlarning volatiliteti, narxlarning o'zgarishi va talabning pasayishi investorlar uchun risklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun risklarni minimallashtirish usullari, masalan, diversifikatsiya va xavflarni tarqatish, juda muhimdir. Moliyaviy xavflar: Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda kreditlar, foiz stavkalari va boshqa moliyaviy omillar katta ahamiyatga ega. Agar risklarni boshqarish to'g'ri amalga oshirilmasa, bu moliyaviy falokatlarga olib kelishi mumkin.
Ziyatov Baxriddin Bahodirovich
Copyright (c) 2025
2025-04-052025-04-0544510MOLIYAVIY INSTITUTLARDA LOYIHA RISKLARINI BOSHQARISH
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2201

Hozirgi kunda moliyaviy institutlar, ayniqsa banklar va investitsiya kompaniyalari, muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun turli xil risklarni boshqarish tizimlarini joriy etish zaruratini his qilmoqdalar. Loyiha risklarini boshqarish, bu jarayonda muhim ahamiyatga ega bo'lib, moliyaviy tashkilotlar uchun loyiha muvaffaqiyatini ta'minlash va potensial zararlarni kamaytirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Loyiha risklarini boshqarish, avvalo, risklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish va kerakli chora-tadbirlarni ko’rishni o'z ichiga oladi. Risklarni boshqarishda samarali yondashuv moliyaviy institutlarga o'z faoliyatining barqarorligini oshirish va uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta'minlash imkonini beradi. Loyiha risklarini boshqarish jarayonining birinchi bosqichi – risklarni aniqlashdir. Bu bosqichda loyiha bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan barcha xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Moliyaviy institutlar, turli sohalarda ishlovchi kompaniyalar yoki tashkilotlar bilan hamkorlikda risklarni aniqlashda eng muhim omillarni, masalan, bozor o'zgarishlari, iqtisodiy inqirozlar, siyosiy beqarorlik, texnologik xatarlardan foydalanadilar. Risklarni aniqlashda, shuningdek, jamiyatdagi o'zgarishlar va investorlarning salbiy ta'sirlariga qarshi ehtiyotkorlikni oshirish muhim ahamiyatga ega. Risklarni baholash – bu barcha aniqlangan xavflarning o'ziga xosliklarini va ta'sir darajasini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy institutlar loyiha doirasida bozor sharoitlari, investorlar bilan aloqalar, valyuta kurslaridagi o'zgarishlar va boshqa omillarni hisobga olgan holda risklarning ehtimolligini va ularning oqibatlarini baholaydilar. Baholash jarayoni ko'pincha statistik tahlil, simulyatsiya metodlari va ekspert baholariga asoslanadi. Loyiha uchun eng katta xavflarni aniqlash va ularning ta'sirini kamaytirish uchun chora-tadbirlarni belgilashga yordam beradi.
Qorjovova Hayitxol Ergash qizi
Copyright (c) 2025
2025-04-052025-04-05441117LOYIHANI MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRISH UCHUN BOSHQARUV STRATEGIYALARINI O'ZGARTIRISH
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2202

Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun boshqaruv strategiyalarini o'zgartirish mavzusining dolzarbligi bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega. Loyihalar, xususan murakkab va katta hajmdagi loyihalar, ko'plab o'zgarishlar va noaniqliklar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shu sababli, samarali boshqaruv strategiyalari loyihaning muvaffaqiyatiga bevosita ta'sir qiladi. Quyidagi omillar bu mavzuning dolzarbligini yanada kuchaytiradi. Tez o'zgarayotgan biznes muhiti: Globalizatsiya, texnologik inqiloblar, ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar, raqobatbardoshlikning oshishi kabi omillar loyihalarni boshqarish jarayonini murakkablashtirmoqda. Shunday qilib, an'anaviy boshqaruv usullari ko'pincha samarasiz bo'ladi, yangi, moslashuvchan boshqaruv strategiyalarini talab qiladi. Loyihaning ko'lami va murakkabligi: Bugungi kunda loyihalar ko'pincha bir nechta jamoalar, texnologiyalar va geografik hududlarni o'z ichiga oladi. Bunday loyihalarni samarali boshqarish uchun ilg'or boshqaruv usullari va strategiyalari zarur. Risklarni boshqarish: Loyihalarda noaniqlik va risklar mavjud bo'lib, ular boshqaruv strategiyalarining yangilanishini talab qiladi. Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun risklarni aniqlash, baholash va samarali boshqarish muhimdir. Resurslarni samarali taqsimlash: Resurslar (moliyaviy, insoniy, vaqt) samarali boshqarilmasa, loyiha muvaffaqiyatsiz bo'lishi mumkin. Yangi boshqaruv strategiyalari resurslarni optimal tarzda taqsimlashni va ulardan maksimal foyda olishni ta'minlashga yordam beradi.
Akbarova Dilbarhon Abdullajanovna
Copyright (c) 2025
2025-04-052025-04-05441823CHEGARAVIY NUQTANING DIRIXLE MASALASIGA NISBATAN REGULYARLIGI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2203

Ushbu maqolada chegaraviy nuqtaning Dirixle masalasiga nisbatan regulyarligi tushunchasi va uning analitik xususiyatlari o‘rganiladi. Elliptik differensial tenglamalar uchun klassik va zamonaviy yondashuvlar asosida regulyarlik shartlari tahlil qilinadi. Chegaraviy shartlarning yechimga ta’siri, potensial nazariyasi va funksional analiz usullari yordamida tadqiq etiladi. Tadqiqot natijalari Dirixle masalasi uchun chegaraviy nuqtalarning regulyarligini ta’minlovchi asosiy mezonlarni aniqlashga qaratilgan.
Toʻychiyev Xusniddin Jonuzokovich
Copyright (c) 2025
2025-04-052025-04-05442429YASHIL SHAHARLAR VA BARQAROR URBANIZATSIYA
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2222

Ushbu maqolada yashil shaharlar va barqaror urbanizatsiya konsepsiyasi ko‘rib chiqiladi. Yashil infratuzilma, ekologik toza energiya manbalari, shahar ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha ilg‘or tajribalar va ularning urbanizatsiya jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada barqaror shaharlarni shakllantirish yo‘llari va ularning iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik afzalliklari yoritiladi. Tadqiqot natijalari ikki turli jadval asosida ko‘rsatilgan.
Erkinova Xosiyat Botir qiziErkinova Xosiyat Botir qizi
Copyright (c) 2025
2025-04-092025-04-09443034XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ROLI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2225

Xalqaro moliya institutlari (XMI) barqaror investitsiyalar, moliyaviy resurslar bilan ta'minlash va siyosat asoslari yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bularning muhim hissalari qaramay, XMT qanday o'sishni yashil muvaffaqiyatli boshqarishini hech kim tushuntirmaydi sekin rivojlanayotgan mamlakatlarda. Ushbu tadqiqot XMTlarning yashil tashabbuslarini, jumladan qayta tiklanadigan energiya projektini moliyalashtirish, barqaror infratuzilmallow rivojlanishni, atrofmuhit siyosatini amalga oshirilishni qo'llabquvvatlash mexanizmlarini o'sha bo'shliqi bartaraf etishni o'rganadi. Aralash metodlardan foydalanib holda, ushbu XFI yordamida moliyalashtirilgan loyihalarning amalliy davriyotlarni o'rganadi, yashil obligatsiyalar va fondlar kabi moliyali vositalarni baholaydi va ularning iqtisodiy va ekologik baroqarorlikga ta'sirini baholaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, XMT kapital ta'minoti shu emas, balki texnik yordam va me'yoriy-huquqiy imoratlar orqali milliy siyosat tikladi. Natijalar shuni ko'rsatadi, XFI faoliyati tomonidan ta'minlaydigan tashabbuslar yashil sektorlarda investitsiyalanishning o'sishi, ekologik standartlar yaxshilanishi, institutsional salohiyatini mustahkamlanishi kabi o'zgarishlar bo'ladi.
Umida Abdugaffarovna Ganieva
Copyright (c) 2025
2025-04-102025-04-10443540MOLIYA SIYOSATI VA UNI IQTISODIY O'SISHINI TA'MINLASHDAGI AHAMIYATI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2226

Moliyaviy boshqaruv davlatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida davlatning moliyaviy siyosati milliy xo‘jalikni barqarorlashtirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashning muhim vositasiga aylanmoqda. Moliyaviy boshqaruv tizimida davlatning roli nafaqat soliq va byudjet siyosatini yuritish bilan cheklanib qolmay, balki investitsiya jarayonlarini tartibga solish, iqtisodiy faollikni oshirish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlashga ham qaratilgan.
Zaynalov Jahongir RasulovichSobirjonova Sabinabonu Umidovna
Copyright (c) 2025
2025-04-102025-04-10444147QISHLOQ XO’JALIGIDA MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI BOSHQARISH ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH MASALALARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2227

Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligi sohasi ham jadal tarzda rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi sohasi mamlakatlar iqtisodiyotini o’sishida muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha dehqon va tomorqa xo’jaliklari boshqa xo’jalik shakllariga qaraganda yuqori ulushga ega. Mazkur maqola dehqon xo’jaliklari, ularning xususiyatlari, qishloq xo’jaligi sohasidagi moliyaviy munosabatlar hamda bugungi kungacha rivojlanish bosqichlarini xorijiy hamda respublikamiz tadqiqotchilarining ilmiy ishlariga asoslangan holda o’rganib chiqildi.
Zaynalov Jahongir RasulovichNormuhammadova O'g'ilniso Baxodir qizi
Copyright (c) 2025
2025-04-102025-04-10444853XUSUSIY KAPITALNI BANK TIZIMIGA JALB ETISH VA UNING O’ZIGA XOS HUSUSIAYTLARI VA MOHIYATI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2234

O‘zbekistonda xususiy bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan tartibga solinadi, uning asosiy maqsadi mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va moliyaviy xizmatlarda nodavlat sektorining ulushini kengaytirish hamda iqtisodiyotning eng muhim yetakchi tarmoqlariga xususiy kapitalni jalb etishdan iboratdir.
Ernazarov Narmet Saparbayevich
Copyright (c) 2025
2025-04-122025-04-12445458TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA RAQAMLI BANK XIZMATLARINI TASHKIL ETISH VA UNING BANK FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2235

Maqolada tijorat banklarining raqamli bank xizmatlarini tashkil etish jarayonlari, ularning rivojlanish tendensiyalari va bank sohasidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat va tezligini oshirish, bank operatsiyalarini soddalashtirish hamda raqobatbardoshligini ta’minlashdagi roliga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, moliyaviy texnologiyalar (FinTech)ning bank sohasiga ta’siri, xavfsizlik muammolari va raqamli transformatsiya jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklar muhokama qilinadi.
Norqulov HabibulloAzamov Og’abek
Copyright (c) 2025
2025-04-122025-04-12445963«YASHIL» INVESTITSIYALAR VA ULARNI MENEJMENTDA INTEGRATSIYASI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2239

Maqolada O’zbekistonda «Yashil» iqtisodiyotga berilayotga katta e’tibor, ishlab chiqarishda «Yashil» iqtisodiyotga o’tish, «Yashil» iqtisodiyotning mamlakatimizning rivojlanishiga qay darajada ta’sir etishi to’g’risida fikr yuritilgan.

«Yashil» investitsiyalarni boshqarishning asosiy prinsiplari, ularning iqtisodiy va ekologik foydalari. «Yashil» investitsiyalarni amalga oshirishda menejmentning rolini ko'rib chiqish.
Shаrоpоv Nurmuhаmmаd Bоbirоvich
Copyright (c) 2025
2025-04-152025-04-15446469АНАЛИЗ ФИНАНСОВОЙ СИСТЕМЫ УЗБЕКИСТАНА, ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2240

В данной работе проводится комплексный анализ финансовой системы Узбекистана, охватывающий её текущее состояние, ключевые проблемы и перспективы. В последние годы финансовый сектор демонстрирует существенные темпы роста, однако сохраняются значительные вызовы, такие как ограниченный доступ к финансированию для малых и средних предприятий, высокая зависимость от внешних ресурсов, а также низкая прозрачность операций. Рассматриваются основные направления модернизации, включая цифровизацию и повышение инвестиционной привлекательности. В заключении подчеркивается необходимость комплексного подхода для решения существующих проблем и реализации потенциала финансовой системы в условиях глобальных экономических изменений.
Мирзаева Ширин НодировнаМустафокулов Ойбек Абдусаломович
Copyright (c) 2025
2025-04-152025-04-15447074YALPI ISHCHI KUCHI VA UNI TAKROR ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY ASOSLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2246

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston mehnat bozorida yalpi ishchi kuchining hozirgi holati va uni takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi iqtisodiy hamda demografik omillar chuqur tahlil qilindi. Asosiy e’tibor ishchi kuchidan samarali foydalanish, uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va bu orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish masalalariga qaratildi. Tadqiqot metodologiyasi statistik tahlil, empirik kuzatuv va tarkibiy tahlil kabi aralash yondashuvlarga asoslandi. Mehnat resurslarining tarkibi, yosh tuzilmasi va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimoti rasmiy ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Takror ishlab chiqarish jarayonini baholashda esa demografik ko‘rsatkichlar va ta’lim tizimining holati asosiy mezon sifatida qaraldi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda ishchi kuchining yillik o‘sishi barqaror kechayotgan bo‘lsa-da, mehnat bozori ehtiyojlariga mos keluvchi malakali kadrlar tanqisligi mavjud. Ayniqsa, ta’lim sifati va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishi iqtisodiy tizimning uzviy qismi sifatida qaralgan bo‘lib, avvalgi izlanishlardan farqli o‘laroq, yosh avlodni mehnat resursi sifatida shakllantirishda ijtimoiy institutlarning (ayniqsa, maktab va kasb-hunar ta’limining) o‘rni chuqur tahlil etilgan. Olingan natijalar mehnat siyosatini takomillashtirish, bandlik dasturlarini ishlab chiqish hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amaliy choralarni belgilash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, ushbu tadqiqotda ayrim hududiy tafovutlar yetarlicha hisobga olinmagan bo‘lib, kelgusida mintaqaviy kontekstda chuqurroq o‘rganish ishlari olib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sharipova ShahnozabonuGʻaniyeva SevinchXalikova Lola Nazarovna
Copyright (c) 2025
2025-04-162025-04-16447580O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA AHOLINING DAROMADLARINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2247

Maqolada O‘zbekistonda aholi daromadlarining oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Daromad darajasi bevosita sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish imkoniyatini belgilaydi. Kam daromadli uy-xo‘jaliklari oziq-ovqat sotib olishga yetarli miqdorda mablag‘ ajrata olmasligi sababli ularning ratsionida sifatsiz mahsulotlar ulushi yuqori bo‘ladi, bu holar esa ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mavjud ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash strategiyasini shakllantirish bo‘yicha hali to‘liq yechimini topmagan muhim jihatlar mavjud. Xususan, aholi daromadlarining oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri hali yetarlicha o‘rganilmagan. Bir tomondan, aholining daromadlari oshishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni orttirishi mumkin, bu esa ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga turtki beradi. Boshqa tomondan esa, importga qaramlik darajasini saqlab qolgan holda, ichki ishlab chiqarishning o‘sish imkoniyatlarini oshirish zarurati yuzaga keladi. Aynan shu jihatlar mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Shomurodov Tohir Boymurod o‘g‘li
Copyright (c) 2025
2025-04-162025-04-16448190O'ZBEKISTONDA GLOBAL OCHLIK INDEKSINI BAHOLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2248

Mazkur maqolada O‘zbekistonda Global ochlik indeksini baholashning metodologik asoslari yoritilgan. Global ochlik indeksi (Global Hunger Index – GHI) dunyo miqyosida mamlakatlardagi oziq-ovqat ta’minoti, bolalar o‘sishidagi nuqsonlar, bolalar o‘limi va aholining yetarli ovqatlanmasligi kabi muhim ko‘rsatkichlarga asoslangan holda shakllantiriladi. Tadqiqot davomida ushbu indeksni baholashda qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar, indikatorlar tizimi, ularning O‘zbekiston sharoitidagi dolzarbligi va qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Maqolada shuningdek, O‘zbekistonda mavjud statistik ma’lumotlar bazasining GHI talablari bilan uyg‘unligi, milliy oziq-ovqat siyosatining indeks natijalariga ta’siri va indikatorlar bo‘yicha baholashni takomillashtirish yo‘llari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini chuqur tahlil qilish, xalqaro reytinglarda mamlakatning o‘rnini aniqlash va samarali choralarni belgilashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shomurodov Tohir Boymurod o‘g‘li
Copyright (c) 2025
2025-04-162025-04-16449199KORXONANI BOSHQARISH TIZIMIDA MOLIYAVIY DIREKTORNING RO‘LI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2249

Ushbu ilmiy maqola korxonani boshqarish tizimida moliyaviy direktorning strategik va operatsion rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Korxona faoliyatining samaradorligi bevosita moliyaviy boshqaruv tizimining to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq bo‘lib, moliyaviy direktor bu tizimning markaziy figuralaridan biridir. Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar asosan moliyaviy hisobot va nazorat funksiyalariga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, moliyaviy direktorning strategik qaror qabul qilishdagi roli yetarlicha o‘rganilmagan, bu esa mavjud bilim bo‘shlig‘ini ko‘rsatadi.Tadqiqotda sifatli metodologiya asosida tahlil ishlari olib borildi, ya’ni turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar misolida moliyaviy direktorlarning vazifalari, vakolatlari va qaror qabul qilishdagi ishtiroki o‘rganildi. Intervyular va ichki hujjatlar tahlili asosida moliyaviy direktorlar nafaqat byudjet va xarajatlarni boshqarishda, balki investitsiya siyosati, risklarni boshqarish, hamkorlik strategiyasi va innovatsion loyihalarni baholashda ham faol ishtirok etishi aniqlandi.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, moliyaviy direktorning faoliyati korxonaning uzoq muddatli barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot amaliyotga moliyaviy boshqaruvning kengaytirilgan modelini joriy etish zaruratini ko‘rsatadi. Kelgusidagi tadqiqotlarda raqamli transformatsiya va barqarorlik siyosati sharoitida moliyaviy direktorning moslashuvi va strategik rolini chuqur o‘rganish tavsiya etiladi.
G'aniyev Bexruz Ixtiyor o'g'liAxadov Akram Abduxalilovich
Copyright (c) 2025
2025-04-162025-04-1644100104ISLOM MOLIYASINI O‘ZBEKISTONDA JORIY QILISH ISTIQBOLLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2250

Ushbu ilmiy maqola O‘zbekistonda islom moliya tizimini joriy qilish istiqbollarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. So‘nggi yillarda mamlakatda moliyaviy bozorlarni diversifikatsiya qilish va ishonchli alternativ moliya mexanizmlarini rivojlantirish zarurati ortib bormoqda. Islom moliyasi — foizsiz, shaffoflikka asoslangan va shariat tamoyillariga mos faoliyat yurituvchi tizim sifatida, ana shu ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilishi mumkin. Biroq O‘zbekistonda bu tizimning institutsional asoslari, huquqiy muhit va ijtimoiy tayyorgarlik darajasi hali to‘liq shakllanmagan, bu esa mavjud bilim bo‘shlig‘ini anglatadi.Tadqiqotda sifatli tahlil metodlari qo‘llanildi. Xususan, xalqaro tajribalar (Malayziya, BAA, Turkiya) o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitiga mos keluvchi amaliy modellarga baho berildi. Shu bilan birga, mamlakatdagi mavjud bank tizimi, moliyaviy institutlar infratuzilmasi va qonunchilik asoslari kontekstida islom moliyasini joriy qilishdagi to‘siqlar va imkoniyatlar tahlil qilindi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlariga ijtimoiy talab mavjud bo‘lib, bu sektorni rivojlantirish iqtisodiy inkluzivlik va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, huquqiy islohotlar, kadrlar tayyorlash va jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha chuqur va tizimli choralar zarur. Kelgusidagi tadqiqotlarda islom moliyasi bo‘yicha institutsional model yaratish va uni milliy moliyaviy strategiyaga integratsiyalash muhim yo‘nalish sifatida tavsiya etiladi.
Соатова Хуршида Бахрамовна
Copyright (c) 2025
2025-04-162025-04-1644105109PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI HARAKATI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2256

Ushbu maqolada pul vositalari harakati xalqaro munosabatlarning ajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqiladi. Chegaradosh moliyaviy oqimlarning asosiy turlari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalar, davlat va xususiy kreditlar, transferlar va kapitalni repatriatsiya qilish kabi shakllari tahlil qilinadi. Kapital harakatini tartibga solish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda global institutlarning roli alohida ta’kidlanadi. Maqolada raqamli iqtisodiyot, geosiyosiy ziddiyatlar va iqtisodiy parchalanish sharoitida pul muomalasining transformatsiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Pul harakati XXI asr xalqaro munosabatlarining me’morchiligi shakllanishida murakkab hodisa sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Norqulov HabibulloAzimov Shamsiddin
Copyright (c) 2025
2025-04-172025-04-1744110113RAQAMLI XIZMATLARNI TASHKIL ETISHDA INTERAKTIV PLATFORMALARDA FOYDALANISH
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2257

Ushbu maqola interaktiv platformalarning raqamli xizmatlarni tashkil etishdagi roli, ularning integratsiyasi va foydalanuvchi ehtiyojlarini qondirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, interaktiv platformalar yordamida raqamli xizmatlarning sifatini oshirish, ularga kirishni soddalashtirish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga qanday yordam berishi ko‘rsatiladi. Raqamli xizmatlar jamiyat hayoti uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishi, raqamli xizmatlar davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va samaradorligini oshirish orqali biznes va investitsiya muhitini yaxshilashga yordam berishi bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan.
Samiyeva Maftuna
Copyright (c) 2025
2025-04-172025-04-1744114120РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА ИННОВАЦИОН ЛОЙИҲАЛАРНИ БОШҚАРИШ МОДЕЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2262

Ушбу илмий мақолада рақамли технологиялар асосида лойиҳаларни бошқариш моделларини такомиллаштиришга қаратилган мамлакатимиз ва ривожланган давлатларда амалга оширилаётган ишлар ҳамда қабул қилинган стратегик йўналишлар таҳлил қилинган. Тадқиқотда тарихий-таҳлилий ва солиштирма таҳлил, SWOT таҳлили, суҳбат ва анкета ўтказиш усули, моделлаштириш ҳамда ахборот базалари таҳлили каби илмий тадқиқот усулларидан фойдаланилган. Мақолада рақамли иқтисодиёт, инновациялар ва рақамли технологиялар тушунчаларига турли олимлар томонидан берилган таърифлар келтирилган. Шунингдек, таҳлилий маълумотлар асосида хулосалар ёритилган ҳамда умумий натижалар ва амалий таклифлар аниқ шаклда баён этилган.
Абдурахманова Малика Абдужапаровна
Copyright (c) 2025
2025-04-182025-04-1844121128ОБМЕН ИНФОРМАЦИЕЙ ЧЕРЕЗ ЛОКАЛЬНЫЕ И ГЛОБАЛЬНЫЕ СЕТИ
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2263

В современном мире информационные технологии играют ключевую роль в развитии всех сфер человеческой деятельности. Одним из важнейших компонентов информационной инфраструктуры являются компьютерные сети. С их помощью осуществляется эффективный обмен данными, как внутри отдельных организаций, так и между пользователями по всему миру. Наиболее распространёнными видами компьютерных сетей являются локальные (LAN) и глобальные (WAN) сети. В данной статье рассматриваются особенности и принципы функционирования этих сетей, а также их роль в передаче информации.
Абдунабиева Сангина УмедовнаАбдусатторов Жавохир ЖахонгировичАлмасбаев Нурсултан ТалгатовичАмонова Сабрина ЖасуровнаАхтамов Шохжахон ТоштемировичБердиев Баходир Абдумаликович
Copyright (c) 2025
2025-04-182025-04-1844129136BANKLARDA RAQAMLI BANK XIZMATLARINI TASHKIL ETISH YO’LLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2264

Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatida raqamli bank xizmatlarini tashkil etish hamda raqamli bank xizmatlarining afzalliklari va kamchiliklari to’g’risida so’z yuritiladi. Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda hamda mijozlarga yuqori darajadagi sifatli va ishonchli xizmatlar ko’rsatishda raqamli bank xizmatlarining o’rni haqida ham fikr-mulohazalar yuritiladi.
Norqulov HabibulloAbdibanatova ShahzodaTursunmurodov Islomjon
Copyright (c) 2025
2025-04-182025-04-1844137140YASHIL SUQUQ EMISSIYASI VA XALQARO BOZORDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2265

Yashil suquq emissiyasi va xalqaro bozorda rivojlanish istiqbollari mavzusi hozirgi kunda juda dolzarb bo‘lib, ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning uyg‘unligini ta'minlashga qaratilgan global e'tiborning oshgani bilan bevosita bog‘liqdir. Bu mavzuning dolzarbligi quyidagi asosiy omillar bilan tushuntiriladi. Iqlim o‘zgarishi va ekologik barqarorlik: Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylangan. Yashil suquqlar, ya'ni ekologik loyiha va tashabbuslarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar, tabiiy resurslarni tejash, CO2 emissiyasini kamaytirish va barqaror energiya manbalariga o'tish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi. Bu suquqlarni chiqarish va ularni xalqaro bozorlar orqali sotish, ekologik loyihalarning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishiga katta turtki beradi. Xalqaro bozordagi talab: Yashil suquq bozorining jadal o‘sishi, ayniqsa Yevropa, AQSh va Xitoy kabi rivojlangan mamlakatlarda ekologik va ijtimoiy jihatdan mas'uliyatli investitsiyalarni qidirayotgan investorlar uchun qiziqarli. Hozirgi kunda bir nechta xalqaro investitsiya fondlari va kompaniyalar yashil suquq va barqaror investitsiyalarni afzal ko‘rishadi, chunki ular faqat moliyaviy foyda keltiribgina qolmay, balki ijtimoiy va ekologik mas'uliyatni ham ko‘taradi. Shu sababli, yashil suquq emissiyasi va uning xalqaro bozorda rivojlanish istiqbollari, ayniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida ahamiyatli strategik masala sifatida ko‘riladi. Bu masala faqat iqtisodiy foyda keltirish bilan cheklanmay, balki global iqlim muammolariga qarshi kurashishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Berdibayeva Zarnigor Tollaboyevna
Copyright (c) 2025
2025-04-212025-04-2144141146ВЛИЯНИЕ НОВЫХ ФИНАНСОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА ФИНАНСОВУЮ СИСТЕМУ УЗБЕКСТАНА
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2266

В последние годы в Узбекистане наблюдается активное внедрение новых финансовых технологий, что оказывает значительное влияние на развитие финансовой системы страны. Современные финансовые технологии, включая цифровые платежи, онлайн-банкинг и блокчейн, способствуют улучшению финансовой доступности и инклюзивности, а также повышению операционной эффективности банковских и финансовых учреждений. В статье рассматривается влияние этих технологий на структуру банковского сектора, стратегии его участников и общую финансовую стабильность в стране. Особое внимание уделено переходу к цифровой экономике, внедрению инновационных fintech-стартапов, а также использованию новых инструментов для обеспечения финансовой устойчивости.
Каримова Мавлюда Азатовна
Copyright (c) 2025
2025-04-212025-04-2144147152AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH LOYIHALARINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYAVIY QO'LLAB-QUVVATLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2267

Aholini ijtimoiy himoya qilish loyihalarini davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash amaliyotini takomillashtirish mavzusining dolzarbligi juda yuqori, chunki bugungi kunda ijtimoiy himoya tizimlari jamiyatning rivojlanishida va barqarorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. O'zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sharoitlar, shuningdek, pandemiya va boshqa global inqirozlar, davlatlarning ijtimoiy himoya tizimlarini yaxshilash va kuchaytirishga bo'lgan ehtiyojni oshirdi. Shuning uchun bu mavzu nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyotda ham dolzarb hisoblanadi.Ijtimoiy himoya tizimlarining rivojlanishi va ahamiyati davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Agar bu loyihalar uchun zarur moliyaviy resurslar yetarli bo'lmasa, ularning samaradorligi va ahamiyati kamayadi. Aholining zaif qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, ularni himoya qilish, ijtimoiy farovonlikni ta'minlash uchun davlatning faol ishtiroki va moliyaviy yordam juda zarur. Davlatning iqtisodiy vaziyatga ta'siri O'zgaruvchan iqtisodiy sharoitlar, shu jumladan inflyatsiya, ishsizlik, iqtisodiy inqirozlar va pandemiyalar, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlarining zaif tomonlarini ko'rsatib, ular uchun qo'shimcha moliyaviy yordam va resurslarni taqdim etishni talab qiladi. Shuning uchun davlat moliyaviy resurslarni to'g'ri taqsimlash va optimallashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimlarini yanada samarali qilishga majburdir.
Abduraymova Xamida G'ulom qizi
Copyright (c) 2025
2025-04-212025-04-2144153159DAVLAT TASHKILOTLARIDA INSON RESURSLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATINI OSHIRISH YO`LLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2268

Bugungi globallashuv va raqobat sharoitida davlat boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish inson resurslarini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki davlat tashkilotlarining asosiy harakatlantiruvchi kuchi inson omilidir. Boshqaruv jarayonlarida yuqori malakali, bilimli va zamonaviy ko‘nikmalarga ega kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, ularning salohiyatini oshirish, kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va mehnat samaradorligini yuksaltirish dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish, shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish hamda karera o‘sishini ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa inson resurslarini rivojlantirish siyosatini davlat boshqaruvi sifatiga bevosita ta'sir etuvchi omil sifatida qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, davlat tashkilotlarida raqamlashtirish jarayonining kengayishi, innovatsion yondashuvlarning joriy qilinishi, xalqaro standartlarga mos xizmatlar ko‘rsatish zaruriyati — bularning barchasi inson kapitalining zamonaviy talablar asosida rivojlanishini ta'minlashni talab qiladi. Inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish va rivojlantirish orqali tashkilotlar o‘z xizmatlari sifatini oshiribgina qolmay, davlat fuqarolari oldidagi ishonchni mustahkamlashga ham erishadilar.
Badalova Gul`rano Mirolim qizi
Copyright (c) 2025
2025-04-212025-04-2144160166SUN`IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH VOSITASIDA KORPORATIV MOLIYADA SAMARADORLIKNI TA`MINLASH MASALALARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2269

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI) sohasida yuz berayotgan jadal rivojlanish barcha sohalar qatori korporativ moliyani ham tubdan o‘zgartirmoqda. Ayniqsa, yirik kompaniyalar va korporatsiyalar uchun moliyaviy qarorlar qabul qilishda aniqlik, tezkorlik hamda xavflarni bashorat qilish salohiyatining oshishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyalari, xususan, mashinali o‘rganish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, moliyaviy prognozlash vositalari, samaradorlikni oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlar inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytiradi, tahlillarni avtomatlashtiradi va strategik moliyaviy boshqaruvda raqobatbardosh ustunlikni ta’minlaydi. Shu sababli, mazkur mavzu nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy ahamiyati jihatidan ham nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Shuningdek, jahon va mahalliy miqyosda kompaniyalar tomonidan SI texnologiyalarining joriy etilishi raqobat muhitida barqaror o‘sish va rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston sharoitida ham sun’iy intellektni moliyaviy boshqaruv tizimlariga integratsiya qilish zaruriyati ortib bormoqda. Bu esa mavzuni tadqiq etish, uning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish va takomillashtirishni talab qiladi.
Raxmatullayev Amirxon Mansurbek o'g'li
Copyright (c) 2025
2025-04-212025-04-2144167173BYUDJET TASHKILOTLARIDA DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2270

Bugungi kunda byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish dolzarb masalalardan biridir. Byudjet tashkilotlari davlat tomonidan moliyalashtirilgan tashkilotlar bo'lib, ular asosan jamoat ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlar ko'rsatadilar. Davlat xaridlari esa ushbu tashkilotlar uchun zarur bo'lgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni ta'minlashning eng muhim usulidir. Xaridlar jarayonining samarali va shaffof tashkil etilishi, birinchi navbatda, davlat resurslarining oqilona va maqsadli ishlatilishini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida ijtimoiy barqarorlikni, iqtisodiy o'sishni va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytiradi. Davlat xaridlarining amalga oshirilishidagi o'ziga xos xususiyatlar, bir tomondan, byudjet tashkilotlarining yuqori javobgarligini va shaffofligini ta'minlashga, boshqa tomondan esa, davlatning iqtisodiy siyosatiga mos ravishda xaridlar tizimining samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan. Shuningdek, bu jarayonlar qonuniylik, adolat, va raqobatni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, davlat xaridlarini amalga oshirishdagi me'yoriy hujjatlar va reglamentlarga qat'iy rioya qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, byudjet tashkilotlari o'z xaridlarini amalga oshirishda iqtisodiy barqarorlikni saqlash, korruptsiyani oldini olish, hamda resurslardan samarali foydalanish orqali jamiyat uchun maksimal foyda keltirishga intiladi. Shuning uchun, byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va ijtimoiy jihatdan ham muhim hisoblanadi.
Abduvaliyeva Nilufar Hikmatillayevna
Copyright (c) 2025
2025-04-212025-04-2144174179KORXONA IQTISODIY FAOLIYATIDA STRATEGIYA ISHLAB CHIQISH UCHUN SWOT TAHLILIDAN FOYDALANISH
http://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/2276

Ushbu maqolada strategiya ishlab chiqarish jarayonida SWOT tahlilidan foydalanishning ahamiyati va uning samarali qo’llanilishi tahlil qilinadi. SWOT (Strengths, Weaknesses, Opportunities, Threats) tahlili tashkilotlar uchun ichki va tashqi muhitni o’rganishga yordam beradigan zarur vosita bo’lib, bu yordamida kompaniya o’zining kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyatlarini va tahdidlarini aniqlaydi. Maqola doirasida SWOT tahlilining nazariy asoslari, uning strategik ishlab chiqishdagi roli, zamonaviy yondashuvlari, amaliy qo’llanilishi va kamchiliklari haqida fikr yuritiladi. SWOT tahlili orqali tashkilotlar o’z kuchli tomonlarini yanada rivojlantirib, zaif tomonlarni bartaraf etish, yangi imkoniyatlardan foydalanish va tahdidlarga qarshi samarali strategiyalar ishlab chiqish imkoniga ega bo’lishini ko’rsatadi.
Sh. A. SuleymanovaS. A. Begalova
Copyright (c) 2025
2025-04-222025-04-2244180186