BANK XIZMATLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH
Igamberdiyev Sahobiddin Xatam o'g'li
Samargand iqtisodiyot va servis instituti, "Bank ishi" kafedrasi assistenti
Keywords:
bank xizmatlari, kreditlash, depozitlar, to‘lov tizimlari, mobil banking, mijozlar ehtiyojlari, raqamli transformatsiya, moliyaviy xizmatlar takomillashtirish.
Abstract
Bank xizmatlari – bu mijozlarga moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuasi bo‘lib, ularga hisob raqamlarini yuritish, kredit berish, depozit qabul qilish, to‘lovlarni amalga oshirish, va xalqaro pul o‘tkazmalari kiradi. Zamonaviy bank xizmatlarini takomillashtirish jarayoni mijozlarga qulaylik yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan.