INSON RESURSLARINING FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOHIYATI

Akramov Shomurod Hamdamjon oʻgʻli

Oriental Unversiteti 3-kurs talabasi

Keywords: inson resurslari, motivatsiya, tashkilot, baholash jarayoni


Abstract

Inson resurslari har qanday tashkilotning eng muhim aktivlaridan biridir. Ular tashkilotning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Inson resurslarini baholash, ularning faoliyatini, qobiliyatlarini va tashkilotga qo'shgan hissasini aniqlash jarayonidir. Bu jarayon nafaqat tashkilotning ichki siyosatini shakllantirishda, balki uning strategik maqsadlariga erishishda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada inson resurslarining faoliyatini baholashning mohiyati haqida ma'lumotlar berilgan.