Tijorat banklarining aktivlari tarkibi va ularning joylashuvi
Norqulov Habibullo Ilhom o’g’li
Samarqand Iqtisodiyot va Servis insitituti Bank-Moliya xizmatlari fakulteti Bank ishi kafedrasi assistenti
Tursunov Islomjon
Bank-Moliya xizmatlari fakulteti Talabasi
Keywords: Bank, bank aktivlari, moliya iqtisodiyot,investitsiya, daromad kelturuvchi aktivlar va daromad keltirmaydigan aktivlar.
Abstract
Tijorat banklari, moliya tizimining muhim komponentlari sifatida, iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Ular nafaqat aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish, balki korxonalar va davlatning investitsion faoliyatini qo'llab-quvvatlash bilan ham shug'ullanadi. Ushbu maqolada tijorat banklarining aktivlari tarkibi, ularning joylashuvi va bu omillarning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqola pul va kredit fanining “Tijorat banklarining aktivlari tarkibi va ularning joylashuvi” mavzusini rivojlantirish va unga yangiliklar kiritishga mo`ljallangan.