About the Journal

“MUDARRIS” PLATFORMASI– haqida umumiy ma’lumotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60 sonli Farmonning “Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish” haqidagi ustuvor maqsad va uning asosidagi davlat dasturi bandlarini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda ilmiy muhitni yanada rivojlantirishga qaratilgan 2020 yil 29 oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son farmoni va 2021 yil 1 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6198-son farmonlarida belgilangan bandlarni amalga oshirish maqsadida “MUDARRIS” platformasi tashkil etildi.

“IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA” jurnali

JURNALNING asosiy maqsadi – bugun taadqiqotning turli yo’nalishlarida ilg‘or, zamonaviy fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini nashr etish va keng ilm ommaasiga targ’ib etish.

JURNAL VAZIFALARI – turli mamlakatlar olimlari va o‘qituvchilari o‘rtasida samarali muloqot uchun yuqori sifatli diskursiv ilmiy maydon yaratish; yangi g‘oyalar va tadqiqot natijalarining xalqaro miqyosda keng tarqalishini ta’minlash; yosh olim va tadqiqotchilarning o‘zining samarali taqdim etish yo‘llarini targ’ib qilish; muhim xalqaro ilmiy tadbirlar, nashrlar to‘g‘risida keng ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish.

Bu tadqiqotchilarga o‘zlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarining natijalarini O‘zbekistonda turib bo‘lsa-da keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirish, erkin ilmiy fikr almashinish imkonini beradi. Jurnalda e’lon qilingan ilmiy maqolalar xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi.

Jurnalga maqolalar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:

  • Iqtisodiyot
  • Moliya
  • Marketing va menejment
  • Buxgalteriya va audit
  • Servis va mehmonxona xizmati
  • Xizmatlar sohasi va turizm
  • Biznes
  • Bank va sug'urta
  • Xalqaro munosabatlar
  • Raqamli texnologiya va raqamli iqtisodiyot