Til – Millat Ko‘zgusi
Dildora Safarova
Samarqand shahar 34-umumta’lim maktab o‘qituvchisi
Keywords: Til, millat, madaniy meros, milliy ong, globallashuv, urf-odatlar, milliy qadriyatlar.
Abstract
Mazkur maqola tilning millat hayotidagi ahamiyatini, uning madaniy himoyachi vazifasini va milliy ongi shakllanishidagi o‘rnini ko’rsatadi. Muallif tilning milliy qadriyatlar, tarix va urf-odatlarni avlodlarga yetkazishda va saqlashda qanchalik muhim rol o‘ynashini aytadi. Tilda mavjud bo‘lgan xalq qo‘shiqlari, maqollar va matallar orqali xalqning madaniy merosi saqlanib kelayotgani misollar bilan aytilgan. Jumladan, maqola globalizatsiya sharoitida milliy tilning o‘rniga ham urg‘u beradi, kichik tillarning yo‘qolish xavfi va milliy tilni asrashning muhimligi haqida tushuncha beradi. Muallifning fikriga ko‘ra, til milliy ong va o‘zlikni saqlash uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi va shu birga har bir millat o‘z tilini rivojlantirib, avlodlarga yetkazishga intilishi kerak.