“MUDARRIS” PLATFORMASI– haqida umumiy ma’lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60 sonli Farmonning “Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish” haqidagi ustuvor maqsad va uning asosidagi davlat dasturi bandlarini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda ilmiy muhitni yanada rivojlantirishga qaratilgan 2020 yil 29 oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son farmoni va 2021 yil 1 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6198-son farmonlarida belgilangan bandlarni amalga oshirish maqsadida “MUDARRIS” platformasi tashkil etildi.
“Fan, Ta’lim, Madaniyat Va Innovatsiya” jurnali
Jurnalning asosiy maqsadi – maqsadi keng ilmiy jamoatchilikka ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha, jumladan, xalqaro miqyosda axborot almashish imkoniyatini yaratish, tadqiqotchilarni ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishning ilg‘or jahon tajribasi bilan tanishtirishdan iborat.
Jurnal vazifalari:
- turli mamlakatlar olimlari va o‘qituvchilari o‘rtasida samarali muloqot uchun yuqori sifatli diskursiv ilmiy maydon yaratish;
- yangi g‘oyalar va tadqiqot natijalarining xalqaro miqyosda keng tarqalishini ta’minlash;
- yosh olim va tadqiqotchilarning o‘zining samarali taqdim etish yo‘llarini targ’ib qilish;
- muhim xalqaro ilmiy tadbirlar, nashrlar to‘g‘risida keng ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish.
MUALLIFLARGA:
- Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi;
- Maqolalar har oyning 5-sanasidan 27-sanasiga qadar elektron shaklda
- Telegram: t.me/mudarrisjurnal telegram manziliga elektron pochta manzilida qabul qilinadi;
- Yuborilgan ilmiy maqolalar Maqolalar fan sohalarining tegishli tahririyat a’zolari tomonidan tahrir qilinadi. Tahrir talablariga javob bermagan va taalab darajasidda rasmiylashtirib yuborilmagan maqolalar nashr etilmaydi;
- Jurnalga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar maqola yuborishlari mumkin;
- Jurnalga qabul qilingan maqolalar bir hafta (7 kun) ichida jurnal web sayti (www.https://mudarrisziyo.uz) saytida joylanadi hamda muallifga maqola havolasi taqdim etiladi.
JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISh TALABLARI
Maqola xalqaro talablar asosidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
- Maqola mavzusi (Title)
- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
- Maqola annotatsiyasi (Abstract)
- Kalit so‘zlar (Key words)
- Kirish (Introduction)
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature reviyew)
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:
- mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
- mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari
- Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kirill yoki lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning hajmi 5-7 sahifadan iborat bo‘lishi lozim.
Har bir yo‘nalishda tahrir hay’ati tomonidan eng yaxshi deb topilgan maqolalar “MUDARRIS” platformasi tizimiga kiruvchi jurnallarda bepul e’lon qilinadi.
- Jurnal Google Scholarda indekslanadi.
- Maqolalar uchun alohida doi raqamlar taqdim etiladi.
- Barcha mualliflarga elektron shaklda sertifikat beriladi.