About the Journal

"AMALIY VA FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR (JOURNAL OF APPLIED AND FUNDAMENTAL RESEARCH ISSN 2992-8923) " ilmiy izlanuvchi, professor o'qituvchilarining fizika, matematika, ximiya, biologiya,geoloya va texnika fanlaridagi amaliy va fundamental yo'nalishlaridagi ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqotchilarni ilmiy ishlanmalarni va natijalarini e'lon qiladi. Jurnal turli mamlakatlar olimlari va o‘qituvchilari o‘rtasida samarali muloqot uchun yuqori sifatli diskursiv ilmiy maydon yaratish; yangi g‘oyalar va tadqiqot natijalarining xalqaro miqyosda keng tarqalishini ta’minlash; yosh olim va tadqiqotchilarning o‘zining samarali taqdim etish yo‘llarini targ’ib qilish; muhim xalqaro ilmiy tadbirlar, nashrlar to‘g‘risida keng ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish. Bu tadqiqotchilarga o‘zlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarining natijalarini O‘zbekistonda turib bo‘lsa-da keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirish, erkin ilmiy fikr almashinish imkonini beradi. Jurnalda e’lon qilingan ilmiy maqolalar xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi.

Jurnal davomiyligi : 1 oyda 1 marta e'lon qilinadi

Jurnal muassisi : Mudarris Ilm Ziyo MCHJ

Jurnal ISSN raqami: 2992-8923

Jurnal vazifalari – turli mamlakatlar olimlari va o‘qituvchilari o‘rtasida samarali muloqot uchun yuqori sifatli diskursiv ilmiy maydon yaratish; yangi g‘oyalar va tadqiqot natijalarining xalqaro miqyosda keng tarqalishini ta’minlash; yosh olim va tadqiqotchilarning o‘zining samarali taqdim etish yo‘llarini targ’ib qilish; muhim xalqaro ilmiy tadbirlar, nashrlar to‘g‘risida keng ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish. Bu tadqiqotchilarga o‘zlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarining natijalarini O‘zbekistonda turib bo‘lsa-da keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirish, erkin ilmiy fikr almashinish imkonini beradi. Jurnalda e’lon qilingan ilmiy maqolalar xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi. Jurnalga maqolalar turli fan yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
MUALLIFLARGA:
- Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi;
- Maqolalar har oyning 5-sanasidan 27-sanasiga qadar elektron shaklda Telegram: t.me/mudarrisjurnal telegram manziliga yoki elektron pochta manzilida qabul qilinadi;
- Yuborilgan ilmiy maqolalar Maqolalar fan sohalarining tegishli tahririyat a’zolari tomonidan tahrir qilinadi. Tahrir talablariga javob bermagan va taalab darajasidda rasmiylashtirib yuborilmagan maqolalar nashr etilmaydi;
- Jurnalga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar maqola yuborishlari mumkin;
- Jurnalga qabul qilingan maqolalar bir hafta (7 kun) ichida jurnal web sayti (www. https://mudarrisziyo.uz) saytida joylanadi hamda muallifga maqola havolasi taqdim etiladi. 

JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TALABLARI
Maqola xalqaro talablar asosidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
-  Maqola mavzusi (Title)
-  Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
-  Maqola annotatsiyaci (Abstract)
-  Kalit so‘zlar (Key words)
-  Kirish (Introduction)
-  Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature reviyew)
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)

Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:
· mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
· mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari
· Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kirill yoki lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5 intervalda bo‘lishi lozim.

Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning hajmi 5-7 sahifadan iborat bo‘lishi lozim. Har bir yo‘nalishda tahrir hay’ati tomonidan eng yaxshi deb topilgan maqolalar “MUDARRIS” platformasi tizimiga kiruvchi jurnallarda bepul e’lon qilinadi.

  • Jurnal Google Scholarda indekslanadi. Maqolalar uchun alohida doi raqamlar taqdim etiladi.
  • Barcha mualliflarga elektron shaklda sertifikat beriladi.